Namangan, Farg‘ona va Andijon aeroportlarida ayrim reyslar bekor qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Noqulay ob-havo sababli
Namangan, Farg‘ona va Andijon aeroportlarida ayrim reyslar bekor qilindi / Foto: Nova

Namangan, Farg‘ona va Andijon xalqaro aeroportlarida noqulay ob-havo sababli 2026-yil 7 va 8-yanvar kunlardagi bir qator reyslar bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.

Bekor qilingan reyslar quyidagilar:

  • HY097/098: Toshkent – Andijon – Toshkent (7-yanvar)
  • HY9823/9824: Farg‘ona – Krasnoyarsk – Namangan (7-yanvar)
  • HY9821/9822: Namangan – Irkutsk – Namangan (7 va 8-yanvar)
  • HY677/678: Andijon – Sankt-Peterburg – Andijon (7 va 8-yanvar)
  • HY9857/9858: Namangan – Ufa – Namangan (8-yanvar)

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviachipta narxini to‘liq qaytarib olish mumkin. Shu bilan birga, bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda, xuddi shu yo‘nalishdagi yoki muqobil yo‘nalishlardagi (Toshkent yoki Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlari orqali) keyingi reyslarga bepul qayta bron qilish huquqiga ham ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noqulay ob-havo sabab ayrim reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan edi.

Shuningdek