Neymar «Santos» bilan shartnomasini uzaytirdi

7-yanvar 2026 16:55 eʼlon qilindi

(8-yanvar 2026 00:38 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: BBC

Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar «Santos» klubi bilan shartnomasini 2026-yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.

33 yoshli futbolchi 2025-yil yanvar oyida o‘zining bolalikdagi klubiga qaytgan edi. Mavsum davomida jarohatlar va quyi ligaga tushib ketish xavfi bilan kurashganiga qaramay, u so‘nggi tur o‘yinlarida jamoasining ligada jon saqlab qolishiga yordam berdi. Neymar o‘tgan yili «Santos» safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta golga mualliflik qilgan.

«Santos» klubi 22-dekabr kuni Neymar chap tizzasida kichik muvaffaqiyatli operatsiyani o‘tkazganini e’lon qilgan edi. Futbolchi so‘nggi yillarda tizza jarohatlari bilan kurashib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Neymar 1 milliard dollarlik meros egasiga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek