U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston birinchi turda Livanga qarshi o‘ynaydi

7-yanvar 2026 13:17 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

7-yanvar kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistonida start olgan Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. «C» guruhidan o‘rin olgan vakillarimiz Ar-Riyod shahrida Livan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Foto: UzPFL

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da «Prince Faisal Bin Fahd» stadionida start oladi. Ravshan Haydarov jamoasi Livan bilan o‘yindan so‘ng 10-yanvar kuni Eron, 13-yanvar kuni esa Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Foto: UzPFL

Murabbiylar shtabi ushbu musobaqaga asosan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni jalb qilgan bo‘lib, bu kelajakdagi yirik turnirlar va Olimpiada o‘yinlari uchun tayyorgarlik sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston Xitoy bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek