O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogini muhim g‘alaba bilan boshladi

7-yanvar 2026 20:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida start olgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Livan ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

«Prince Faisal Bin Fahd» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 24-daqiqasida Amirbek Saidov darvozabondan qaytgan to‘pni darvoza to‘riga joylab, hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 50-daqiqada Xayrullayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

57-daqiqada Bahromov jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni aniq nishonga olib, hisobni yiriklashtirdi. 65-daqiqada raqib futbolchisi gol kiritdi. Asosiy vaqtda qo‘shib berilgan daqiqalarda livanliklar hisobni qisqartirishdi. Yakuniy hisob – 3:2.

«C» guruhidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ushbu natijalardan so‘ng O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh peshqadamiga aylanib oldi. Jamoaning navbatdagi o‘yini 10-yanvar kuni Eron termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogida O‘zbekistonlik hakamlar faoliyat yuritishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek