O‘zbekistonlik ayollar tinchlik va xavfsizlik borasida Markaziy Osiyoda oxirgi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
Eng yaxshi ko‘rsatkichni Daniya qayd etgan
Davlat mukofotlari
Foto: President.uz

O‘zbekistonlik ayollar Amerikadagi Jorjtaun universitetining Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksida TOP yuztalikka kirdi. Bu haqda indeksning 2025 – 2026-yillar reytingida keltirilgan.

O‘zbekiston umumiy 181 ta davlat orasida 98-o‘rinni egalladi. Mamlakat Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda ham eng past natijani qayd etdi. Xususan, Qozog‘iston 72-o‘rinda, Turkmaniston 74-o‘rinda, Qirg‘iziston 84-o‘rinda, Tojikiston esa 89-o‘rinda joylashgan.

Mazkur indeks ayollarning ahvolini xavfsizlik, adolat va ijtimoiy hayotdagi ishtirok kabi uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholaydi. Reytingda O‘zbekistonning umumiy balli 0,674 ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yomon natijani qayd etgan.

Women, Peace and Security Index’da O‘zbekistondagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ham yo‘q emas. Masalan, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish darajasi hamda ayollarning o‘rtacha ta’lim olish muddati (taxminan 11,8 yil) shular jumlasidandir. Shuningdek, parlamentda ayollar ulushi qariyb 34 foizni tashkil etgani ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Hisobotga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari taxminan 11 foiz, moliyaviy inklyuziya ko‘rsatkichlari 40 foizdan past, shuningdek, adolat masalasida 4 ballik shkalada 1,8 ball berilgan.

Daniya ayollarning tinchlik va xavfsizligi borasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq «Kursiv» Afg‘onistonda ayollarga qarshi siyosat mamlakat iqtisodiyotiga har yili $1 mlrd zarar yetkazayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek