Prezident o‘n nafar prokuratura xodimlarini mukofotladi

eʼlon qilindi
Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi
Prezident o‘n nafar prokuratura xodimlarini mukofotladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlaridagi fidokorona mehnat, huquqiylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq quyidagi prokuratura organi xodimlari taqdirlandi:

Mukofot nomiXodim ismi va familiyasiLavozimi / Qaysi tashkilotda ishlaydi
«Mehnat shuhrati» ordeniKalonov Botir XamzayevichProkuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi
«Mardlik» ordeniYunusov Marat ErkinovichBosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
«Do‘stlik» ordeniRazakova Gulchexra NarzullayevnaBosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
«Jasorat» medaliZaripov Jamshid BaxodirovichJizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
«Jasorat» medaliMaxmudov Murodbek MadiyorovichPrezident Administratsiyasi mas’ul xodimi
«Sodiq xizmatlari uchun» medaliAxmedov Baxridin TojiyevichNavoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari
«Sodiq xizmatlari uchun» medaliRaximov Ural TashbulovichSamarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi
«Sodiq xizmatlari uchun» medaliYunusov Baxodir XoliyarovichSurxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori
«Shuhrat» medaliGaibbayeva Nigina TayirjonovnaNamangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
«Shuhrat» medaliQobulov Dilmurod QobulovichSirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident FIA rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek