Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklovlar yuzasidan izoh berdi

eʼlon qilindi
Afg‘onistonda ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlarni yagona tartibga solish ishlari olib borilmoqda
Afg‘oniston va O‘zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklovlar yuzasidan izoh berdi / Foto: tonellophotography/Depositphotos

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi izoh berdi.

Unga ko‘ra, vazirlik masalaga aniqlik kiritish uchun Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi. Afg‘oniston tomoni bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda o‘zbek tilidan foydalanishga hech qanday taqiq yo‘q. Hozirda Afg‘onistonda ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlarni yagona tartibga solish ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, maktab va universitetlar nomlari pushtu, dariy hamda ingliz tillarida yozilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatning shimoliy hududlarida, jumladan, Samangan universitetida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida berilishi belgilangan. Bu hududlarda o‘zbek tiliga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, Afg‘oniston hukumati tomonidan joriy yilda Jouzjon davlat universitetida magistratura bosqichida «O‘zbek tili va adabiyoti» yo‘nalishini ochish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sohalarga oid 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillari bo‘yicha bildirilgan takliflar e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan tushgan takliflar o‘rganildi. 

Shuningdek