Toshkentda ayolga shilqimlik qilgan erkak ushlandi — video

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Farhod bozori yaqinidagi tunnelda 29 yoshli ayol kishiga nisbatan uyatsiz ish qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Holat joriy yilning 6-yanvar kuni sodir etilgan. O‘sha kuni taxminan soat 18.50 da noma’lum shaxs Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida bo‘la turib 1996-yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan uyatsiz buzuq harakat sodir etgan va voqea joyidan ketib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida erkakning shaxsi aniqlangan. U 1993-yilda tug‘ilgan shaxs ekani ma’lum bo‘lgan va IIO xodimlari tomonidan ushlangan. Hozirda Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Ushbu shaxsning nojo‘ya xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, 71-231-95-20 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘ralgan.
Avvalroq «Kursiv» Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yetti yoshli qizni zo‘rlagan erkak 18 yilga qamalgani haqida yozgandi.