Tramp ma’muriyati beshta shtatning yordam pullarini muzlatib qo‘ydi

eʼlon qilindi
Qaror firibgarlik va mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish xavfi bilan izohlandi
Tramp ma’muriyati beshta shtatning yordam pullarini muzlatib qo‘ydi / Foto: Facebook

AQShda Donald Tramp ma’muriyati Kaliforniya, Kolorado, Illinois, Minnesota va New-York shtatlariga ajratilgan $10 mlrddan ortiq federal bolalar va oila yordam pullarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi qarorni firibgarlik va mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish xavfi bilan izohladi.

Muzlatish Child Care and Development Fund ($2,4 mlrd), Temporary Assistance for Needy Families ($7,35 mlrd) va Social Services Block Grant ($869 mln) kabi dasturlarni qamrab olgan. Ushbu mablag‘larga kirish huquqi tekshiruv o‘tkazilgunga qadar cheklangan.

Huquq himoyachilari bildirishicha, Tramp ma’muriyati firibgarlik tekshiruvlarini immigrantlar va siyosiy raqiblarni nishonga olish uchun bahona sifatida ishlatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela neftini AQShga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek