Maduro davrida Venesuela Shveysariyaga 5,2 mlrd dollarlik oltin jo‘natgan

Venesuela 2013 – 2016-yillar oralig‘ida Shveysariyaga qariyb 4,14 mlrd Shveysariya franki, ya’ni taxminan $5,20 mlrd qiymatidagi oltin eksport qilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, jami hisobda 113 tonna qimmatbaho metall markaziy bank zaxiralaridan chiqqan va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda qattiq valyuta olish maqsadida sotilgan.
2017 – 2025-yillarda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari sababli Venesueladan Shveysariyaga oltin eksporti amalga oshmagan. 2017-yilda Yevropa Ittifoqi inson huquqlari buzilishida ayblangan Venesuela vakillariga sanksiyalar joriy qilgan. Shveysariya bu sanksiyalarni 2018-yil boshida qabul qilgan, ammo umumiy oltin importiga taqiq bo‘lmagan.
Shveysariya dunyodagi yirik oltin qayta ishlash markazlaridan biri bo‘lib, Venesuelaning oltini qayta ishlash, sertifikatlash va keyinchalik boshqa davlatlarga yetkazish uchun jo‘natilgani bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroni hibsga olishi tufayli dunyoda neft narxlari pasayib ketgani haqida yozgan edik.