Venesuela neftini AQShga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
Kelishuv doirasida Venesuela nefti Xitoydan AQShga yo‘naltiriladi
Venesuela neftini AQShga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi / Foto: Britannica

AQSh prezidenti Donald Tramp Karakas va Vashington Venesuela neftini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Kelishuv doirasida Venesuela 30 – 50 mln barrel «sanksiyalangan neft»ni AQShga topshiradi. Trampning aytishicha, neft bozor narxida sotiladi va tushumlar AQSh prezidenti nazorati ostida bo‘ladi. Kelishuvni amalga oshirishga AQSh Energetika vaziri Kris Rayt mas’ul bo‘lib, neft tankerlardan olinib to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh portlariga yuboriladi.

Hozirda Venesuelaning neft oqimi butunlay Chevron kompaniyasi nazoratida bo‘lib, u AQSh ruxsati ostida eksportni amalga oshiradi. Chevron oxirgi haftalarda blokada sharoitida kuniga 100 – 150 ming barrel neftni AQShga jo‘natib kelmoqda.

Venesuela o‘zining asosiy neft markasi Mereyni Brent narxidan taxminan $22 arzonroq narxda AQSh portlariga yetkazmoqda. Bu kelishuv qiymatini $1,9 mlrdgacha yetkazadi.

Ma’lumot uchun, blokada sababli PDVSA neft ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lgan va zaxira sig‘imi kamaygan. Kelishuvdan so‘ng Venesueladan eksport hajmi oshishi hisobiga AQShda neft narxlari 1,5 foizga tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishi tufayli dunyoda neft narxlari pasayib ketgani, dollar esa qimmatlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek