Lifestyle

Xabib Nurmagomedov Abduqodir Husanovdan dastxat oldi — video

O‘zbekiston himoyachisi haqida iliq fikrlar ham bildirdi
Xabib Nurmagomedov Abduqodir Husanovdan dastxat oldi — video / Foto: Instagram

Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Angliyaning «Manchester Siti» klubi bazasiga tashrif buyurib, jamoa himoyachisi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov hamda Erling Holand bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram

«Abduqodir Husanov bir soatlik uchrashuvimiz davomida bironta ham so‘z aytmadi (tabassum bilan). Alloh seni asrasin, birodar. Butun O‘zbekiston xalqi senga katta umid bog‘lamoqda. Bo‘sh kelma, faqat oldinga!» – deya Abduqodir haqida fikr bildiradi UFC jangchisi uchrashuvdan so‘ng.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/01/video.mp4
Video: Instagram

Uchrashuv chog‘ida futbolchilar Xabibga klub futbolkasini sovg‘a qildilar va unga dastxat qo‘yib berdilar. Shuningdek, Xabib Nurmagomedov Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasidagi «Manchester City» – «Chelsi» uchrashuvini stadiondan bevosita tomosha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.