Maskning xAI kompaniyasi sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 20 mlrd dollar sarmoya jalb qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Nvidia va Cisco kompaniyalari ham investitsiya kiritdi
xAI
ITP.net

Ilon Maskning xAI kompaniyasi Series E moliyalashtirish raundini muvaffaqiyatli yakunlab, rejalashtirilgan $15 mlrd o‘rniga $20 mlrd mablag‘ jalb qilganini e’lon qildi.

Kompaniya jalb qilingan mablag‘larni dunyodagi eng yirik hisoblash infratuzilmasini kengaytirish va yangi SI mahsulotlarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, xAI Colossus I va Colossus II superkompyuterlari orqali o‘z quvvatini 1 mln H100 GPU ekvivalentiga yetkazgan.

Foto: PCmag

Hozirda x va Grok ilovalaridagi oylik faol foydalanuvchilar soni taxminan 600 mlnni tashkil etmoqda. O‘tgan yil davomida kompaniya Grok 4 til modelini va real vaqt rejimida ishlovchi Grok Voice ovozli agentini taqdim etdi. Ushbu ovozli texnologiya hozirda Tesla avtomobillarida va mobil ilovalarda qo‘llanilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan New York Times jurnalisti xAI’ni sudga bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek