AQSh Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun viza garov puli talabini joriy qildi

eʼlon qilindi
$5 ming, $10 ming yoki $15 ming miqdorida
AQSh turizm vizaga $15 minggacha garov talab qilishi mumkin
AQSh Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun viza garov puli talabini joriy qildi / Foto: Travelobiz

AQSh Davlat Departamenti 41 ta mamlakat fuqarolari uchun viza garov puli talab etilishini ma’lum qildi. Ular orasiga Tojikiston va Qirg‘iziston ham qo‘shildi.

Mazkur mamlakatlarning B1/B2 vizasi olishga huquqiga ega fuqarolari $5 ming, $10 ming yoki $15 ming miqdorida garov puli to‘lashi shart bo‘ladi. Garov puli miqdori viza intervyusi vaqtida belgilanadi. Arizachilar Ichki xavfsizlik departamentining I-352 shaklini ham topshirishi lozim va garov shartlariga Pay.gov platformasi orqali rozilik berishlari zarur.

Garov puli talab qilinadigan davlatlar ro‘yxati:

MamlakatAmal qilish sanasi
Jazoir21-yanvar, 2026
Angola21-yanvar, 2026
Antigua va Barbuda21-yanvar, 2026
Bangladesh21-yanvar, 2026
Benin21-yanvar, 2026
Butan1-yanvar, 2026
Botsvana1-yanvar, 2026
Burundi21-yanvar, 2026
Kabo-Verde21-yanvar, 2026
Markaziy Afrika Respublikasi1-yanvar, 2026
Kot d’Ivuar21-yanvar, 2026
Kuba21-yanvar, 2026
Jibuti21-yanvar, 2026
Dominika21-yanvar, 2026
Fiji21-yanvar, 2026
Gabon21-yanvar, 2026
Gambiya11-oktabr, 2025
Gvineya1-yanvar, 2026
Gvineya-Bisau1-yanvar, 2026
Qirg‘iziston21-yanvar, 2026
Malavi20-avgust, 2025
Mavritaniya23-oktabr, 2025
Namibiya1-yanvar, 2026
Nepal21-yanvar, 2026
Nigeriya21-yanvar, 2026
San-Tome va Prinsipi23-oktabr, 2025
Senegal21-yanvar, 2026
Tojikiston21-yanvar, 2026
Tanzaniya23-oktabr, 2025
Togo21-yanvar, 2026
Tonga21-yanvar, 2026
Turkmaniston1-yanvar, 2026
Tuvalu21-yanvar, 2026
Uganda21-yanvar, 2026
Vanuatu21-yanvar, 2026
Venesuela21-yanvar, 2026
Zambiya20-avgust, 2025
Zimbabve21-yanvar, 2026

Talabgor ruxsat berilgan muddatdan oldin AQShdan chiqsa, viza muddati tugashidan oldin AQShga bormasa yoki kirish portida ruxsat olinmasa garov puli bekor qilinadi va mablag‘ avtomatik qaytariladi. To‘lov faqat konsul xodimi ko‘rsatmasidan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Garov puli viza berilishini kafolatlamaydi. Konsul xodimi ko‘rsatmasiz to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. Garov sharti sifatida, talabgorlar Boston Logan (BOS), John F. Kennedy (JFK) va Washington Dulles (IAD) kabi belgilangan kirish portlari orqali AQShga kirib chiqishi lozim.

Agar talabgor garov shartlarini buzsa, Ichki xavfsizlik departamenti bu holatni USCIS’ga yuboradi. Masalan, talabgor ruxsat berilgan muddatdan keyin AQShda qolsa, muhojir bo‘lmagan maqomdan chiqsa yoki boshpana olish uchun ariza topshirsa, garov shartlarini buzgan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Turkmaniston fuqarolariga viza uchun garov puli talabi qo‘yilgan edi.

Shuningdek