AQShning xalqaro normalarni buzuvchi harakatlari tarixiy bo‘linishga olib kelmoqda — Germaniya prezidenti

eʼlon qilindi
U global demokratiya tahdid ostida ekanini aytdi
AQShning xalqaro normalarni buzuvchi harakatlari tarixiy bo‘linishga olib kelmoqda — Germaniya prezidenti / Foto: Der Bundespraesident

Germaniya prezidenti Frank‑Valter Shtaynmayer AQShning tashqi siyosatini keskin tanqid qildi va jahon tartibining barqarorligini saqlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

U so‘zlarida dunyo «o‘g‘rilar g‘origa» aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini qayd etdi, ya’ni eng manfaatparast davlatlar boshqa hududlar yoki mamlakatlarni o‘ziga qarashli deb hisoblamasligi lozim.

Shtaynmayerning fikricha, Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi va Ukrainaga to‘liq bosqin qilishi jahon tartibida burilish nuqtasi bo‘lgan bo‘lsa, AQShning qadriyat va xalqaro normalarni buzuvchi harakatlari yana bir tarixiy bo‘linishga olib kelmoqda. U global demokratiya hech qachon bo‘lmagan darajada tahdid ostida ekanligini ta’kidladi.

Germaniya rahbari jahon tartibini saqlash uchun faol choralar ko‘rilishi zarurligini bildirdi. Shu bilan birga, u Braziliya va Hindiston kabi davlatlarni bu tartibni himoya qilishga undash lozimligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 66 ta xalqaro tashkilotni tark etishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek