«Barselona» Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi

8-yanvar 2026 01:57 eʼlon qilindi

(8-yanvar 2026 11:42 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Telegram / FCB

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim final bahsida «Barselona» «Atletik Bilbao» ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Ferran Torres hisobni ochgan bo‘lsa, oradan sakkiz daqiqa o‘tib Fermin Lopes farqni ikkitaga oshirdi. 34-daqiqada yosh iqtidor Runi Bardagji hamda bo‘lim so‘ngida braziliyalik vinger Rafinya hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Rafinya o‘zining ikkinchi golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Endi «Barselona» bosh sovrin uchun kurashda «Real Madrid» va «Atletiko» o‘rtasidagi ikkinchi yarim final g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Muxlislar navbatdagi «El-Klasiko» guvohi bo‘lishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiyaliklar «Barselona»ni 10 mlrd yevroga sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek