Dollar yana oshdi: 9-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
8-yanvar uchun dollar 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mni tashkil etgan edi
Курс доллара на 7 января
Foto: Pixabay

9-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

30-dekabr kuni dollar 31,99 so‘mga pasayib, 12 025,33 so‘m bo‘ldi. AQSh valyutasi yilni pasayish (20,92 so‘m) bilan boshlab, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mga tenglashdi. 6-yanvar kuni dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etgan edi. 7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvar esa 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 78,81 so‘mga oshib, 14 139,70 so‘mni, rubl 1,01 so‘mga oshib, 150,31 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 8-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek