Honor Magic 8 RSR Porsche Design va Magic 8 Pro Air qanday dizaynga ega

8-yanvar 2026 14:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Honor

Honor Magic 8 RSR Porsche Design va Magic 8 Pro Air smartfonlarining dizayni taqdim etildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Qurilmalar rasmiy taqdimoti 2026-yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor Magic 8 RSR Porsche Design 6,71 dyuymli LTPO-displey bilan jihozlanadi. Ekran 1,5K aniqlikni taklif qiladi. Smartfon 7200 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Qurilma 120 Vt quvvatga ega simli tezkor zaryadlashni va simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Model 3D-ultratovushli barmoq izi skaneri va 3D-yuzni aniqlash tizimiga ega bo‘ladi. Himoya darajasi IP68, IP69 va IP69K standartlariga mos keladi.

Magic 8 Pro Air esa yanada yupqa va yengil flagman sifatida taqdim etiladi. Smartfon 6,3 dyuymli tekis OLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran aniqligi 1,5K darajada. Qurilma MediaTek ishlab chiqqan Dimensity 9500k platformasida ishlaydi. Batareya sig‘imi 5500 mA/soatni tashkil etadi. U 90 Vt quvvatdagi tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Magic 8 Pro Air’ning qalinligi atigi 6,3 mm bo‘ladi. Og‘irligi esa taxminan 158 grammni tashkil etadi. Bu esa uni bozordagi eng yengil flagmanlardan biriga aylantiradi. Smartfon Android 16 asosidagi MagicOS 10 operatsion tizimi bilan ishlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor Magic 8 seriyasi Xitoy Yangi yilidan oldin rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi flagmanlar dizayn, quvvat va avtonomlik borasida Honor’ning eng ilg‘or yechimlarini namoyish etishi prognoz qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor Power 2 smartfoni kuchli batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek