
Angliya Premyer-ligasining 21-turi doirasida «Brayton» va «Manchester Siti» klublari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Manchester Siti» safida harakat qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuv oxiriga qadar to‘liq o‘ynadi. Uchrashuv davomida Husanov «Brayton»ning xavfli hujumlariga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Bahs shiddatli kurashlarga boy o‘tgan bo‘lsa-da, tomonlar g‘olib nomini aniqlay olishmadi. Birinchi taymning 41-daqiqasida Erling Holand penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin mehmonlarning yaponiyalik futbolchisi Mitoma muvozanatni tikladi. Har ikki jamoa ham vaziyatlar yaratishga erishdi, ammo yakunda kuchlar teng keldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xabib Nurmagomedov Abduqodir Husanovdan dastxat olgani haqida xabar bergan edi.