O‘zbekiston noyabr oyida oltin xaridi bo‘yicha dunyoda kuchli uchlikka kirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng yirik xaridor Polsha Markaziy banki bo‘ldi
цены на золото
Foto: Unsplash

Noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin xaridi bo‘yicha dunyodagi eng yirik uchta xaridor qatoridan joy oldi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotiga ko‘ra, bir oy davomida mamlakat 10 tonna oltin sotib olgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida markaziy banklar tomonidan sof oltin xaridi jami 45 tonnani tashkil etgan. Global iqtisodiy noaniqlik va inflyatsion xatarlar fonida oltin rivojlanayotgan davlatlar uchun asosiy himoya aktivlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Eng yirik xaridor Polsha Markaziy banki bo‘lib, u ketma-ket ikkinchi oy 12 tonna oltin xarid qilgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya 11 tonna bilan ikkinchi, O‘zbekiston 10 tonna bilan uchinchi, Qozog‘iston esa 8 tonna bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Chexiya, Xitoy va Indoneziya ham kichik hajmlarda oltin zaxiralarini oshirgan.

Shu bilan birga, noyabr oyida oltinning sof sotuvchilari sifatida faqat Iordaniya (2 tonna) va Qatar (1 tonna) qayd etilgan. Yil boshidan buyon umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa O‘zbekiston Singapur va Rossiyadan keyin oltin sotish hajmi eng yuqori bo‘lgan davlatlar uchligida qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Morgan Stanley 2026-yilning to‘rtinchi choragiga borib oltin narxi bir unsiya uchun $4,8 mingga yetishi mumkinligini prognoz qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek