Oʻzbekiston Shvetsiyada magistraturani bepul o‘qish huquqiga ega davlatlar roʻyxatiga kirdi

eʼlon qilindi
Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida
Oʻzbekiston Shvetsiyada magistraturani bepul o‘qish huquqiga ega davlatlar roʻyxatiga kirdi
Oʻzbekiston Shvetsiyada magistraturani bepul o‘qish huquqiga ega davlatlar roʻyxatiga kirdi / Foto: depositphotos

O‘zbekiston fuqarolari uchun Shvetsiyadagi magistratura dasturlarida bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Oʻzbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Shvetsiyada nufuzli magistratura dasturlarida bepul ta’lim olish huquqiga ega mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi. Dastur ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi, jumladan, davlat boshqaruvi, tibbiyot, tadbirkorlik va innovatsiyalar, STEM yo‘nalishlarida o‘qish imkoniyati mavjud.

Ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda magistratura dasturini tanlash, ikkinchi bosqichda esa arizani universitetlar tomonidan qabul qilinadigan platforma orqali yuborish kerak. Bunda Shvetsiya instituti stipendiyasi uchun ariza topshirish — 2026-yil 9–25-fevral kunlari amalga oshiriladi.

Nomzodlardan oliy ma’lumot, ingliz tilini bilish, mos ish tajribasi va liderlik sifatlari talab etiladi. Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha topshirilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda O‘zbek – Fransuz universiteti tashkil etilishi xabar qilingandi. Yangi universitetda dastlab magistratura yo‘nalishlari ochiladi. Keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktorantura dasturlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek