Avto

Qaysi Chevrolet avtomobillarining narxlari oshdi

Kompaniya Tahoe va Suburban modellarining narxini oshirgan
Foto: MotorBiscuit

AQShda ayrim Chevrolet avtomobillarining narxlari oshgan. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

2026-yilgi Chevrolet Tahoe modeli LS versiyasida orqa yuritma bilan $63,5 mingdan boshlanadi. LT komplektatsiyasi $66,5 mingdan taklif etilmoqda. Yo‘ldan tashqariga mo‘ljallangan Z71 $73,5 mingdan boshlanadi. Eng qimmat variant esa 4WD va 3,0 litrli Duramax dizel dvigateliga ega High Country bo‘lib, uning narxi $87,0 mingga yetdi.

Foto: GMAutority

Chevrolet Suburban esa an’anaviy ravishda qimmatroq. LS versiyasi $66,5 mingdan boshlanadi. LT $69,5 mingdan, Z71 $76,5 mingdan taklif etiladi. Eng yuqori narx Premier komplektatsiyasiga to‘g‘ri keladi. 4WD va 6,2 litrli V8 dvigatelga ega variant $92,4 mingga baholandi.

Har ikkala model 2025-yildagi restayling asosida ishlab chiqilgan. Ular yangi dizayn paketlari, raqamli kalit kartasi va qo‘shimcha disk variantlariga ega. Tahoe va Suburban GM’ning T1 ramali platformasida quriladi. Ishlab chiqarish faqat Texas shtatidagi Arlington zavodida amalga oshiriladi.

Chevrolet narx oshishini kichik yangilanishlar va logistika xarajatlari bilan izohladi. Shunga qaramay, Tahoe va Suburban AQSh bozorida eng talab yuqori bo‘lgan to‘liq o‘lchamli SUV’lar qatorida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet avtomobillarida dizayn evolyutsiyasi haqida yozgan edi.