Qozog‘iston iqtisodiyoti kuchli 50 ta davlat qatoriga kirdi

eʼlon qilindi
Respublikaning yalpi ichki mahsuloti taxminan 300 mlrd dollarga teng
Foto: Kursiv Kazakhstan

Qozog‘iston dunyoning eng yirik 50 ta iqtisodiyoti qatoriga kirgan yagona Markaziy Osiyo davlatiga aylandi.

Ushbu mamlakat dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari orasida 50-o‘rinni egalladi, yalpi ichki mahsuloti taxminan $300 milliardni tashkil etdi. Bundan tashqari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat so‘nggi 25 yil ichida o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yetakchi beshlik qatoriga kirdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining so‘nggi Jahon iqtisodiy istiqbollari ma’lumotlariga asoslangan infografikaga ko‘ra, Qozog‘iston iqtisodiyoti 2000-yildan 2025-yilgacha yiliga o‘rtacha 5,6 foizga o‘sgan. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatni dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar orasida beshinchi o‘ringa qo‘ydi.

Infografika: Visualcapitalist.com

Bu davrda faqat Xitoy (8 foiz), Vyetnam va Hindiston (6,4 foiz) va Bangladesh (5,9 foiz) yuqori o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi.

Qo‘shma Shtatlar YIM bo‘yicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyot bo‘lib qolmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti $30,6 trillionga baholanmoqda va u kelgusi yillarda ham o‘zining eng yuqori o‘rnini saqlab qolishi kutilmoqda.

Umuman olganda, XVJ ma’lumotlari nafaqat yirik iqtisodiyotlarning hajmi bo‘yicha reytingini, balki so‘nggi chorak asrda qaysi mamlakatlar eng barqaror o‘sishni namoyish etganini ham ko‘rsatadi. Qozog‘iston ushbu ro‘yxatda aynan o‘zining dinamik rivojlanishi bilan ajralib turadi.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yilning iqtisodiy jihatdan eng yaxshi davlati aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek