
BMTning Comtrade platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi uch davlat Rossiyadan shokolad import qiluvchi eng yirik o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.
Qozog‘iston, Belarus va O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida Rossiya shokoladining eng yirik xaridorlariga aylandi. «Agroexport» mahsulot eksportini rivojlantirish federal markazining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan sentabrgacha Qozog‘iston kompaniyalari $192 millionlik mahsulot import qilgan, Belarus Rossiyadan $123 millionlik va O‘zbekiston $68 milliondan ortiq qiymatdagi shokolad sotib olgan.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda mos ravishda Ozarbayjon ($48 million) va Armaniston ($28,5 million), undan keyin Qirg‘iziston ($26,1 million), Gruziya ($19,5 million) va Xitoy ($14,4 million) joylashgan.
Moldova ($7,7 million) va Serbiya ($6,8 million) ham kuchli o‘nlikka kirdi.
Bundan tashqari, Rossiya shokoladining eng ko‘p sotib oluvchi 15 taligida Germaniya, Isroil, AQSh, Latviya va Saudiya Arabistoni qayd etilgan.
Avvalroq «Kursiv» 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 9,9 ming tonna shokolad import qilgani haqida yozgandi.