Gadjetlar

Samsung tashqariga bukiladigan smartfon ustida ishlamoqda

U hozirgi Galaxy Flip modellaridan tubdan farq qiladi
Foto: Gemini SI yordamida yaratilgan

Samsung tashqariga ham, ichkariga ham bukiladigan smartfon texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Kompaniya ushbu g‘oyaga tegishli patentni rasmiylashtirgan. Hujjatda noodatiy buklanish mexanizmiga ega qurilma tasvirlangan.

Gap patent haqida ketayotgani sababli, qurilmaning texnik xususiyatlari ochiqlanmagan. Bunday smartfon umuman ishlab chiqarilmasligi ham mumkin. Agar loyiha hayotga tatbiq etilsa, u yaqin bir yilda ham, bir necha yildan keyin ham paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Foto: Xpertpick

U hozirgi Galaxy Flip modellaridan tubdan farq qiladi. Asosiy farq shundaki, smartfon an’anaviy tarzda faqat ichkariga bukilmaydi, balki tashqariga ham buklanishi mumkin.

Bu yechim ekran buklanganda asosiy kamerani yopib qo‘ymaslik uchun o‘ylab topilgan. Shu bilan birga, klassik tarzda ichkariga buklanganda displeyning bir qismi ochiq holatda qoladi. Natijada ekran to‘liq himoyalanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung qurilmalari qimmatlashishi haqida yozgan edi.