Silk brendidan noqonuniy foydalangan kompaniya 135 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

eʼlon qilindi
Sud qarori bilan «S.B.» MChJdan intellektual mulk huquqini buzgani uchun yirik miqdorda tovon puli undiriladi
Foto: Prom.uz

Adliya organlari o‘tkazgan tekshiruv natijasida Rose diamond xususiy korxonasiga tegishli Silk tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Mazkur holat Rose diamond xususiy korxonasi tomonidan qilingan murojaat asosida o‘rganildi. Tekshiruv davomida «S.B.» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zgalarga tegishli Silk tovar belgisidan noqonuniy foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarayotgani tasdiqlandi.

Intellektual mulk huquqini himoya qilish va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Rose diamond sudga murojaat qildi. Sudning 2025-yil 4-dekabrdagi qaroriga asosan, «S.B.» MChJdan da’vogar foydasiga 123 mln so‘m miqdorida tovon puli undirilishi belgilandi. Shuningdek, javobgar zimmasiga 12 mln so‘m miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lash majburiyati ham yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek