Sport

U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston va Yaponiya turnirning eng yosh jamoalari deb topildi

Foto: O‘FA

U-23 Osiyo kubogida ishtirok etayotgan barcha terma jamoalarning o‘rtacha yoshi hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari musobaqaning eng yosh ishtirokchilari ekani qayd etildi.

Ro‘yxatga ko‘ra Yaponiya olimpiyachilarining o‘rtacha yili 2005,65 ni tashkil etgan. O‘zbekistonlik futbolchilar esa 2005,52 ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda. Shuningdek, keyingi pog‘onalarda Avstraliya (2004,52), Iordaniya(2004,52) va Eron (2004,43) jamoalari o‘rin olgan.

Foto: Telegram / Penalty

Musobaqaga eng yoshi katta tarkib bilan tashrif buyurganlar orasida Vyetnam (2003,87), Suriya (2003,83) va O‘zbekiston terma jamoasi bilan «C» guruhida joy olgan Livan terma jamoasi bor. Eslatib o‘tamiz, turnir doirasida 10-yanvar kuni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari to‘qnash keladi.

Avvalroq kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Livanni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.