
Yevropaning valyuta xaritasi birinchi qarashda ko‘rinadiganidan ancha murakkabroq. Yevro dominant valyuta bo‘lsa-da, taxminan yigirmata mamlakat o‘z milliy valyutalaridan foydalanishda davom etmoqda.
Yevro Yevropa Ittifoqidagi ko‘pgina mamlakatlarning umumiy valyutasi hisoblanadi. Hozirda u Avstriya, Belgiya, Malta va Ispaniya kabi 20 ta mamlakatning milliy valyutasidir. Vatikan, Monako, San-Marino va Andorra kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar ham Yevropa Markaziy banki bilan kelishuv asosida yevrodan foydalanadi. Yevropa Markaziy banki bilan kelishuvsiz yevro Chernogoriya va Kosovoning asosiy valyutasi hisoblanadi.
Ushbu infografikada Yevropa mamlakatlarining valyutalari aniq ko‘rsatilgan.

O‘z valyutalaridan foydalanishda davom etayotgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham mavjud: Vengriya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Chexiya va Shvetsiya. Masalan, Polsha zlotiydan, Chexiya, Daniya va Shvetsiya kronasidan, Ruminiya esa leydan foydalanadi. Bolgariya 2026-yilda yevroga o‘tdi.
Krona, shuningdek, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladigan valyutaning nomidir. Ruminiyadan tashqari ley Moldovaning ham valyutasi hisoblanadi. Rossiya va Belarus valyutalari ham bir xil nomga ega – rubl.
Yevropadagi eng qimmat valyuta Britaniya funt sterlingidir. Oxirgi kurslarga ko‘ra, 1 funt sterling – $1,35. Taqqoslash uchun, 1 yevro – $1,17, 1 Shveysariya franki – $1,25 ga teng.
Avvalroq «Kursiv» AQSh dollari 2025-yilda jahon bozorida sezilarli darajada o‘z pozitsiyasini yo‘qotgani, o‘tgan yil dollar uchun «qora yil» bo‘lgani haqida yozgandi.