Zeekr 8X avtomobilining ko‘rinishi ilk bor namoyish etildi — foto

8-yanvar 2026 21:05 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Zeekr 8X avtomobilining ko‘rinishi ilk bor namoyish etildi / Foto: ITHome

Xitoyda Zeekr 8X avtomobilining kamuflyajsiz fotosuratlari e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Zeekr 8X o‘lchamlari 5100 × 1998 × 1780 mm, g‘ildiraklar oralig‘i esa 3069 mmni tashkil qiladi. Avtomobilning umumiy og‘irligi versiyasiga qarab 3250 dan 3370 kg gacha, o‘rnatilgan (bo‘sh) og‘irligi esa 2690 dan 2820 kg gacha o‘zgaradi. Hujjatlarda shuningdek, mashina elektr harakatlantiriluvchi yo‘laklar, tortish moslamasi, bamperda faol jalyuzilar hamda bir nechta g‘ildirak disklari variantlariga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Foto: ITHome
Foto: ITHome
Foto: ITHome

Quvvat manbai sifatida Aurora Bay Technology Co., Ltd ishlab chiqargan 2,0 litrli turbo dvigatel ishlatiladi. Dvigatelning maksimal quvvati 279 ot kuchini tashkil qiladi. U litiy-nikel-marganets-kobalt batareyasi bilan ishlaydigan elektr tizimi bilan juftlashadi. Hozircha elektr motorlari va batareya sig‘imi haqidagi texnik ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Foto: ITHome

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zeekr zirhli elektromobilini taqdim etgan edi.

Shuningdek