11-yanvardan «Mening maktabim» loyihasining 2-bosqichi boshlanadi

eʼlon qilindi
Ovoz berish 20-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat

«Mening maktabim»
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

«Tashabbusli budjet» doirasida amalga oshirilayotgan «Mening maktabim» loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari 11-yanvardan start oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar uchun ovoz berish 20-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Mazkur bosqichda fuqarolar o‘zlari tahsil olgan yoki farzandlari o‘qiyotgan maktab loyihalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ovozlar natijasiga ko‘ra, eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar moliyalashtiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi.

Tashkilotchilar fuqarolarni faol bo‘lishga, ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun ovoz berib, bevosita jarayonda ishtirok etishga chaqirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri 2025-yil 22-oktabr kuni O‘zbekistonda «Mening maktabim» nomli ta’lim loyihasining birinchi bosqichi boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek