Ba’zi modellarga 30 foizgacha: Mercedes-Benz chegirmalar e’lon qildi

9-yanvar 2026 11:28 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Mercedes-Benz avtomobillariga chegirmalar: ba’zi modellarga 30 foizgacha chegirma
Mercedes-Benz avtomobillariga chegirmalar: ba’zi modellarga 30 foizgacha chegirma / Foto: mercedes-benz.com

Mercedes-Benz Germaniyada o‘zining ba’zi modellari uchun katta chegirmalar e’lon qildi. Chegirmalar eng ko‘p eski avlod modellari va kompaniyaning elektrokarlariga qaratilgan. Misol uchun, CLA modelining eski versiyasiga 30 foizgacha chegirma berilmoqda.

EQS elektrokari / Foto: ijtimoiy tarmoq

Shuningdek, EQS elektrokariga 26 foizgacha chegirma berilgan bo‘lib, bu modelni yanada arzon narxlarda olish imkonini yaratadi. Boshqa elektrokarlar, jumladan, B-klass, EQA va EQB modellari 25 foizgacha chegirmaga ega.

B-klass / Foto: Vikipedia

Luks versiyalarni tanlovchilar uchun ham chegirmalar mavjud. Masalan, S-klass lux avtomobili va AMG GT sportkarlari uchun 19 foiz chegirma berilmoqda, E-klassi biznes-sedani uchun esa 15 doiz chegirma taqdim etilgan.

AMG GT sportkari / Foto: mercedes-benz

Yangi elektr EQE sedaniga esa 25 foiz chegirma mavjud. Ushbu chegirmalar Mercedes-Benz rasmiy veb-sayti va dilerlarida mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW 31 ta modeli uchun, Hyundai beshta modelga chegirma e’lon qilgandi. Shuningdek, Kia ham ba’zi avtomobillarining narxlarini pasaytirdi.

Shuningdek