Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Respublikaning barcha hududlarida quruq ob-havo saqlanib qolishi prognoz qilindi
Foto: Sputnik

9 – 11-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Dam olish kunlariga kelib kunduzgi harorat 15 daraja iliqqacha yetadi.

Ta’kidlanishicha, bugun va dam olish kunlari mamlakatning barcha hududlarida havo ochiq bo‘lishi, biroq ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Ushbu kunlarda havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib boradi.

9-yanvar kuni kunduzi havo harorati 8-11 darajani tashkil etsa, shanba va yakshanba kunlari ko‘rsatkich 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va tongda ham iliqlashish kuzatilib, yakshanba kuniga kelib tungi harorat 0-3 daraja iliq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil qiladi. Poytaxtda dam olish kunlari havo harorati kunduzi 13-15 darajagacha, kechasi esa 1-3 daraja iliqqacha ko‘tarilishi aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan quyuq tuman ko‘plab aviareyslar jadvalini izdan chiqargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek