
CES 2026 ko‘rgazmasida dunyodagi birinchi ultratovushli oshxona pichog‘i — C200 Ultrasonic taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Ushbu pichoq mahsulotni kesishda qarshilikni kamaytiradi va oziq-ovqatning pichoqqa yopishib qolishining oldini oladi. Qurilmaning narxi $400 ni tashkil qiladi.
C200 Ultrasonic pichog‘i sekundiga 30 ming martadan ortiq tebranuvchi maxsus tig‘ga ega. Bu yuqori chastotali mikrotebranish yordamida mahsulotga oson kirishni ta’minlaydi. Pichoqning tutqichida ultratovushli tebranishni yoqish uchun kichik tugma mavjud. Tizim ishga tushirilganda qo‘lda yengil qichishish his qilinadi, bu zaif elektr toki kabi seziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondan O‘zbekistonga un yetkazib berish hajmi ikki baravarga oshgani haqida xabar bergan edik.

