Geely o‘zining Zeekr va Lynk & Co brendlarini AQShda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

9-yanvar 2026 09:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely o‘zining Zeekr va Lynk & Co brendlarini AQShda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Foto: Zeekr

Geely Holding Group AQShda Zeekr va Lynk & Co avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Kompaniya buni 2030-yilga qadar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Geely kompaniyasining global kommunikatsiyalar bo‘yicha rahbari Esh Sattkliffning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xalqaro bozorlarda o‘sish potensialini baholamoqda. Hozirgi kunda Geely Xitoyda kuchli pozitsiyalarga ega bo‘lib, Janubi-Sharqiy Osiyoda biznesni kengaytirish va Yevropada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgan.

AQSh bozoriga kirish uchun Geely Volvo kompaniyasining Janubiy Karolina shtatidagi zavodini ishlab chiqarish maydoni sifatida ishlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu esa kompaniyaga tarif to‘g‘risidagi cheklovlarni qisqartirish va AQSh bozorida asta-sekin mustahkamlanish imkonini beradi.

Sattkliffning ta’kidlashicha, Zeekr va Lynk & Co brendlari, ayniqsa, amerikalik iste’molchilarning nisbatan arzon narxlardagi premium va lyuks modellarga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda, AQSh bozorida dastlabki sinov uchun eng qulay variant bo‘lishi mumkin. Aniq ishlab chiqarish jadvali hozircha e’lon qilinmagan, ammo kompaniya bu haqda kelgusi ikki-uch yil ichida batafsil ma’lumot berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely Galaxy V900 gibrid miniveni Xitoyda sotuvga chiqarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek