Hindistonda sovuq ob-havo banan yetishtirish hajmini qisqartirdi

eʼlon qilindi
Banan narxi 1 kilogramm uchun o‘rtacha $0,27 gacha tushgan
Foto: Kuzeytac / www.depositphotos.com

Hindistonda qish mavsumida kuzatilayotgan sovuq ob-havo banan yetishtirish jarayoniga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda EastFruit nashri ma’lum qildi.

Xususan, Maxarashtra va boshqa yirik ishlab chiqarish hududlarida hosil kamaygani hamda mevalar sifati yomonlashgani qayd etilmoqda.

Mahalliy fermerlar haroratning keskin pasayishi bananlarning pishish jarayonini sekinlashtirganini, sovuqdan zararlanmagan mahsulotlar esa juda kam qolganini ta’kidlashmoqda. Solapur shahridagi Trimurti Fruit Company vakili Abhijit Patilga ko‘ra, yanvar oyida fermer xo‘jaliklarida banan narxi 1 kilogramm uchun o‘rtacha $0,27 gacha tushgan. Sovuqdan zarar ko‘rgan mahsulotlar esa $0,22 atrofida sotilmoqda.

Yetkazib berish hajmlarining qisqarishi Maxarashtra, Andxra-Pradesh, Gujarat va Madxya-Pradesh kabi hududlarda yanada sezilmoqda. Ayrim banan navlari bo‘yicha tanqislik fevral oyining oxirigacha davom etishi mumkin. Natijada ichki bozorda xaridorlar sifatli mahsulot topishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Shu bilan birga, Yaqin Sharq davlatlaridan kelayotgan talab Hindiston banan eksportini qo‘llab-quvvatlamoqda. Eron, Iroq, O‘mon, Saudiya Arabistoni va Dubaydan import qiluvchilar sovuqdan kamroq zarar ko‘rgan mevalarni qabul qilishda davom etmoqda. Biroq Yevropa va Rossiya kabi yuqori sifat talab qilinadigan bozorlar hozircha ehtiyotkorlik bilan kuzatuv olib bormoqda.

Shuningdek