Gadjetlar

Honor 2025-yilda 70 milliondan ortiq smartfon sotdi

Savdoning 50 foizi Xitoydan tashqaridagi bozorlarga to‘g‘ri kelgan
Honor 2025-yilda 70 milliondan ortiq smartfon sotdi / Foto: Sifrus

Honor kompaniyasi 2025-yilda rekord darajada 71 mln dona smartfon yetkazib berdi, deb xabar berdi GSM Arena. Shundan 10 milliontasi flagman modellarga to‘g‘ri keladi.

Smartfon savdosining 50 foizi Xitoydan tashqaridagi bozorlarga to‘g‘ri kelib, ushbu o‘sishiga Magic7 seriyasi katta hissa qo‘shgan. Honor 2024-yildagi kuchli natijalarini davom ettirib, yetkazib berish hajmi bo‘yicha yiliga 50 foizlik o‘sishga erishdi.

Foto: GSM Arena

Hozirda brend Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarini o‘z ichiga olgan 17 ta bozorda 10 foizdan ortiq ulushga ega.

Bundan tashqari, Honor Malayziyada yetakchi brendga aylandi. Mamlakatda kompaniya smartfon bozorining 18 foizdan ortig‘ini, planshetlar bozorining esa 30 foizini egallagan.

Endilikda kompaniya sun’iy intellektga katta sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Honor Alpha strategiyasi doirasida kompaniya keyingi besh yil ichida SI mahsulotlariga $10 mlrd dan ortiq mablag‘ yo‘naltiradi.

Foto: GSM Arena

Ushbu strategiyada smartfonlar markaziy o‘rinni egallab, shuningdek AI imkoniyatlariga ega kompyuterlar, planshetlar va taqiladigan qurilmalar ham rivojlantirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 8 RSR Porsche Design va Magic 8 Pro Air qanday dizaynga egaligi haqida ma’lumot berilgandi.