Toyota Land Cruiser Prado 150 modelini qayta ishlab chiqarishga qaror qildi

9-yanvar 2026 11:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi Land Cruiser Prado 150 modeli qayta ishlab chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Newscape nomli bu paket dastlab Japan Mobility Show ko‘rgazmasida konsept sifatida namoyish etilgan edi, ammo omma tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinishi natijasida u seriyali ishlab chiqarishga o‘tdi va 2026-yil 7-martdan Yaponiyada sotuvga chiqadi.

Foto: Toyota

Newscape paketi ikki variantda taklif qilinadi. Graphite Gray versiyasi mato qora bampelalar, g‘ildirak yoylari va Mango Orange rangidagi yorqin aksentlarga ega bo‘lib, juda jiddiy va kuchli ko‘rinishga ega. Meld Grey esa soddaroq variant bo‘lib, bampelalar avtomobilning rangiga moslashtirilgan va sariq rangdagi detallar bilan ajralib turadi.

Har ikkala versiyada ham maxsus expeditsion yukxona, orqa eshikda zinapoya va 17 dyuymli qora g‘ildiraklar mavjud. Interyerda esa Spiber kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik toza Brewed Protein materialidan tayyorlangan o‘rindiq qoplamalari o‘ziga xos yangilikdir.

Foto: Toyota

Avtomobilning umumiy narxi $51 mingga yetadi. Taqqoslash uchun, Yaponiyada yangi Land Cruiser 250 narxi $33 mingdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilda qancha Toyota avtomobili sotilgani ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek