Ohangaronda 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Xususan, Ohangaron tumani «G‘alla quduq» MFY, Quruvchilar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro yashash xonadoniga tutash binoda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur sex tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib olgan. Aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy foydalanilgan 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
To‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olingani haqida xabar bergan edik.