O‘zbekiston davlat qarzi mo‘tadil va boshqariladigan darajada — ISSV

O‘zbekistonning davlat qarzi jahon standartlariga ko‘ra, mo‘tadil va boshqariladigan darajada hisoblanadi. 2025-yilning oktabr oyining boshiga kelib, uning hajmi $75,4 milliardni tashkil etdi, deb ma’lum qildi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV).
Bu summaning $37,4 milliardini davlatning tashqi qarzi tashkil etadi, qolgan $38 milliard esa davlat kafolatisiz xususiy va davlat korxonalari tomonidan olingan qarzlar. Vazirlikning ta’kidlashicha, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati taxminan 26% bo‘lib, bu esa makroiqtisodiy barqarorlik uchun xalqaro xavf chegaralaridan ancha pastdir.
2017 – 2025-yillarda davlat qarzi hisobiga O‘zbekistonda 1,5 ming kilometrdan ortiq avtomobil yo‘llari, 470 kilometr temir yo‘l elektrlashtirilgan, suv ta’minoti infratuzilmasi yangilangan. Shuningdek, Boeing 787-8 samolyotlari, Talgo poyezdlari, elektrovozlar, metro vagonlari va boshqa texnika xarid qilingan. Sakkiz yil davomida suv kanallari yangilangan, zamonaviy issiqxonalari va agropredpriyatiya tashkil etilgan.
Bularning natijasida O‘zbekistonda 2 milliondan ortiq ish o‘rinlari yaratildi, eksport 270 foizga o‘sdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot esa 418 foizga oshdi. Kelajakda resurslarni jalb qilishda parlament nazorati kuchaytiriladi, shaffoflik ta’minlanadi va loyiha holatlari ommaga e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning davlat qarzi $44 mlrdga yaqinlashgani haqida yozgan edi.