O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘tkazish punktlarida mashinalarni endilikda chegarachilar tekshiradi
Foto: Bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston axborot agentligining yozishicha, prezident farmoni ijrosi doirasida mamlakatda o‘nlab bojxona postlari faoliyati to‘xtatiladi.

Xususan, «Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, «Bobotog‘» bojxona punkti hamda «Uchto‘rg‘on», «Pop», «Rovot», «Rishton» va «Bekobod avto» chegara bojxona posti tugatiladi.

Ushbu chegara o‘tkazish punktlarida joriy yildan boshlab sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish ishlari faqatgina chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) tizimi faoliyati qayta tashkil etiladi. Jumladan, bunda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi MED bojxona postlari faoliyati to‘xtatiladi.

Tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari «Bojxona rasmiylashtiruvi markazi»ga, shuningdek, ish hajmi yuqori bo‘lgan boshqa bojxona postlariga o‘tkazilishi belgilangan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi soliq va bojxona imtiyozlari joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek