Quyuq tuman ko‘plab aviareyslar jadvalini izdan chiqardi

eʼlon qilindi
Parvozlar holati bo‘yicha batafsil ma’lumotni aviakompaniyalar orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi
Quyuq tuman ko‘plab aviareyslar jadvalini izdan chiqardi / Foto: Uzbekistan Airports

O‘zbekistondagi ayrim aeroportlarda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti sabab bir qator aviareyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nukus – Toshkent (HY18) va Urganch – Toshkent (HY58) reyslari, shuningdek, Krasnodar – Namangan yo‘nalishidagi HY9834 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul – Toshkent (C6306), FlyOne’ning Jidda – Toshkent (7Q3302), Madina – Toshkent (C63032) reyslari ham Samarqand aeroportiga qo‘ndirildi.

Navoiydagi muqobil aeroportga Qanot Sharq aviakompaniyasining Seul – Toshkent (QNT822), Uzbekistan Airways’ning Olmaota – Toshkent (HY766), Boku – Toshkent (HY756), Ural Airlines’ning Irkutsk – Toshkent (U62719), Pobeda’ning Moskva – Toshkent (PBD741) hamda Aeroflot’ning Moskva – Toshkent (AFL1870) reyslari yo‘naltirildi.

Uzbekistan Airways’ning Frankfurt – Toshkent (HY232) va Novgorod – Toshkent (HY9672) reyslari Urganchga, Ural Airlines’ning Moskva – Toshkent (U62461 va UT805) hamda FlyOne’ning Jidda – Toshkent (9S4308) reyslari Dushanbega, Air Arabia’ning Sharja – Toshkent (G9270), FlyDubai’ning Dubay – Toshkent (FZ1941) va Turkish Airlines’ning Istanbul – Toshkent (THY370) reyslari Olmaotaga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, Uzbekistan Airways’ning Qozon – Toshkent (HY650) va Moskva – Farg‘ona (HY9628) reyslari Qarshiga, Centrum Air’ning Jidda – Termiz (C63328) reysi ham Qarshidagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi. FlyOne aviakompaniyasining Jidda – Toshkent (7Q6062) reysi Andijon aeroportiga qo‘ndirildi. Centrum Air’ning Urganch – Toshkent (C6092) reysi esa jo‘nash aeroportiga qaytgan.

Bundan tashqari, Urganch aeroportida ob-havo yomonlashgani sabab Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Urganch yo‘nalishidagi HY51 reysi Nukusdagi muqobil aerodromga, Qarshi aeroportidagi noqulay sharoit tufayli Moskva – Qarshi yo‘nalishidagi HY9624 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aeroport hududidagi kuchli tuman sababli bir qator xalqaro va ichki aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek