Samsung Galaxy S26 smartfonlarining yakuniy dizayni namoyish etildi

9-yanvar 2026 11:39 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 smartfonlarining yakuniy dizayni namoyish etildi / Foto: Ice Universe

Samsung Galaxy S26 seriyasining yakuniy ko‘rinishlari e’lon qilindi. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Tasvirlarga qaraganda, Galaxy S26 va S26+ avvalgi avlod bilan uzviylikni saqlab qoladi, ammo burchaklari biroz kamroq yumaloq bo‘ladi. Galaxy S26 Ultra modeli o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, uning burchaklari S25 Ultra’ga nisbatan ko‘proq qirrali, seriyaning kichikroq modellari bilan solishtirganda esa kamroq qirrali shaklda ishlab chiqilgan.

Seriyadagi barcha smartfonlar orqa panelda uchta kameradan iborat katta blok bilan jihozlangan. Galaxy S26 Ultra modelida ushbu blokka qo‘shimcha ravishda ToF sensori va asosiy teleobyektiv joylashgan ikki alohida halqa qo‘shilgan. LED chiroq barcha modellarda bir xil joylashuvga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra flagmani 0 foizdan 75 foizgacha atigi 30 daqiqada zaryad olishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek