
Samsung Galaxy S26 Ultra flagmani 0 foizdan 75 foizgacha atigi 30 daqiqada zaryad oladi. Bu haqda texnoinsayder Ice Universe ma’lum qildi.
Uga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra 60 vattli zaryadlash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, sinovlar Samsung kompaniyasi nazorati ostida o‘tkazilgan. Ushbu natijalar qurilmaning real sharoitda ishlash vaqtini taxmin qiluvchi asos bo‘la oladi. Biroq amalda zaryad olish vaqti turli omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Galaxy S26 seriyasining taqdimoti shu yilning 25-fevral kuni AQShda bo‘lib o‘tadi. Kutilishicha, Galaxy S26, Galaxy S26 Plus va Galaxy S26 Ultra modellari avvalgi Galaxy S25 seriyasiga nisbatan qimmatroq narxlarda namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra ekraniga «tonirovka» funksiyasi joriy etilishi haqida yozgan edik.