Samsung keyingi chorakdagi foydasini uch baravarga koʻpaytirmoqchi

Samsung kompaniyasi 2025-yilning to‘rtinchi choragi uchun o‘zining prognozini e’lon qildi. Kompaniya natijalari kutilganidan ham yuqori bo‘lishi kerak.
Samsung $64 mlrd daromad olishni va $13,8 mlrd operatsion foyda kutayotganini ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan ancha yuqori: 2024-yilda daromad $52 mlrd va operatsion foyda esa $4,48 mlrdni tashkil etgan edi.
Hozircha Samsung bu prognozlarga izoh bermagan. E’tiborga olish kerakki, kompaniya dunyodagi eng yirik uchta xotira ishlab chiqaruvchisidan biri bo‘lib, xotira bozorida hozirgi paytda juda katta talab mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasining moliyaviy yili 1-apreldan boshlanadi va 31-martda tugaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung tashqariga bukiladigan smartfon ustida ishlayotgani haqida yozgan edi.