Toqayev Trampga «G20» sammitiga taklif uchun minnatdorlik bildirdi

eʼlon qilindi
Toqayev o‘tgan yili AQShga tashrifi chog‘ida Tramp bilan uchrashuvni do‘stona va mazmunli deb baholagan
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AQSh prezidenti Donald Trampga «G20» sammitiga taklif uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Bu haqda u elchilar ishonch yorliqlarini topshirish marosimida aytgan. Tadbirda AQShning Ostondagi yangi elchisi ishtirok etdi. Toqayev o‘tgan yili AQShga tashrifi chog‘ida Tramp bilan uchrashuvni do‘stona va mazmunli deb baholagan.

Prezident Ostona va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikni turli yo‘nalishlarda rivojlantirish davom ettirilishini ta’kidladi.

«Biz strategik sheriklikni ko‘plab yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz», – degan qo‘shni davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toqayev MDH yetakchilarning jismoniy holatini baholagani haqida yozgan edi.

Shuningdek