Uydan chiqmasdan pensiya miqdorini qanday bilish mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Telegram’dagi maxsus bot orqali
Pensiya
Uydan chiqmasdan pensiya miqdorini qanday bilish mumkin / Foto: Unsplash

Pensiya jamg‘armasi pensiya miqdorini idoralarga bormasdan bilish qo‘llanmasini berdi. Unga ko‘ra, buni Telegram’dagi maxsus bot orqali amalga oshirish mumkin.

Telegram’da @pensiyauzbot botiga kirib, menyudan «Pensiya summasi» tugmasi tanlanadi. Shundan so‘ng qaysi yil va oy uchun pensiya miqdorini bilmoqchi ekaningizni ko‘rsatasiz. Bot avtomatik tarzda pensiya miqdori haqidagi ma’lumotni taqdim etadi.

Ammo botdan foydalanish uchun pensionerning mobil telefon raqami SMS-Pensiya xizmatiga ulangan bo‘lishi kerak. Agar telefon raqami ushbu xizmatga ulanmagan bo‘lsa, my.gov.uz portali orqali SMS-Pensiya xizmatini faollashtirish mumkin. Bu usul pensiya haqidagi ma’lumotni tez va qulay olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda mehnat daftarchasisiz qanday pensiyaga chiqish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek