
Xitoyda Volkswagen Sagitar S avtomobili rasman taqdim etildi. Yangi model hozirgi vaqtdagi Sagitar L (Xitoydagi Jetta analogi) modelidan sezilarli darajada farq qiladi.
Sagitar S’ning o‘lchamlari 4702 x 1815 x 1484 mm, g‘ildirak bazasi esa 2688 mmni tashkil etadi. Avtomobilning og‘irligi 1300 dan 1377 kg gacha o‘zgaradi. Mahsulotning qo‘shimcha jihozlari orasida tomdan panjara, turli xil g‘ildirak disklari, shu jumladan, qorong‘u sport versiyalari va tashqi yoritish tizimi mavjud.

Yangi Volkswagen sedani ikki xil benzinli dvigatel variantida taklif qilinadi. Baza versiyasida oddiy 1,5 litrli atmosferali motor o‘rnatilgan bo‘lib, u 110 ot kuchiga ega. Yuqori versiyalar esa 1,5 litrli turbo-dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 160 ot kuchini tashkil etadi. ITHome ma’lumotlariga ko‘ra, Sagitar S brendning yoshlar uchun mo‘ljallangan avtomobili sifatida pozitsiyalanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilingani haqida yozgan edi.