2026-yilning ilk haftasida dollar qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
9-yanvar kuni esa AQSh valyutasi yana sezilarli darajada oshgan edi
Foto: Depositphotos

AQSh valyutasi 2026-yilning ilk haftasida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

Yil boshida dollar kursi 20,92 so‘mga tushib, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mni tashkil etdi. 6-yanvar kuni kurs yana pasaydi. AQSh dollari 52,17 so‘mga arzonlab, 11 952,24 so‘mgacha tushdi. Bu hafta davomidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Grafik: Grok SI

7-yanvardan boshlab dollarning mustahkamlanishi kuzatildi. O‘sha kuni kurs 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga yetdi. 8-yanvarda o‘sish tezlashdi va dollar 64,69 so‘mga qimmatlab, 12 033,28 so‘mni tashkil qildi.

9-yanvar kuni esa AQSh valyutasi yana sezilarli darajada oshdi. Kurs bir kunda 75,74 so‘mga ko‘tarilib, 12 109,02 so‘mga tenglashdi. Hafta davomida AQSh dollari 104,61 so‘mga qimmatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 12-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek