Chevrolet’ning yangi elektromobili kutilganidan yuqori masofani bosib o‘tadi

10-yanvar 2026 14:46 eʼlon qilindi

(11-yanvar 2026 00:26 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet’ning yangi elektromobili kutilganidan yuqori masofani bosib o‘tadi
Foto: GMAutority

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Bolt elektromobilining rasmiy yurish masofasini tasdiqladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi model bir zaryad bilan 262 milgacha masofani bosadi. Bu taxminan 422 km degani.

Bu ko‘rsatkich dastlab e’lon qilingan 255 mil (410 km) prognozidan yuqori chiqdi. Shuningdek, u avvalgi Bolt EV’ning 259 mil va Bolt EUV’ning 247 millik (397 km) natijasidan ham yaxshiroq. Yangi Chevrolet Bolt allaqachon AQSh dilerlik markazlariga yetib kelgan.

Foto: GMAutority

2027-yilgi Bolt 2025-yil oktabrda taqdim etilgan edi. Model narxi LT komplektatsiyasida $29 mingdan, RS versiyasida esa $33 mingdan boshlanadi. Ushbu avtomobil AQSh bozoridagi eng arzon yangi elektromobillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tashqi dizayn Bolt EUV uslubida yangilangan. Xetchbek yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan. Salon to‘liq qayta ishlangan. Materiallar sifati yaxshilangan. Texnologik imkoniyatlar va ergonomika kengaytirilgan.

Foto: GMAutority

Texnik qismida Chevrolet Equinox EV bilan bir xil elektromotor qo‘llanilgan. Uning quvvati 210 ot kuchini tashkil etadi. Energiya manbai sifatida 65 kVt/soatli litiy-temir-fosfat batareyasi ishlatiladi. Avtomobil GM’ning Fairfax zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Yangi Chevrolet Bolt yorqin ranglarda ham sotiladi. Xaridorlar Atomic Yellow va Relic Green Metallic kabi ranglarni tanlashi mumkin. Model arzon narx, yaxshi yurish masofasi va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi bilan e’tibor qozonmoqda.

Avvalroq Chevrolet Monza avtomobili nega ommalashmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek