Sport

Husanov bilan «Manchester Siti» «Ekseter Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Manchester Siti» safida Maks Alen 12-daqiqada hisobni ochdi
Foto: X/ Mancity

Angliya Kubogi uchinchi turida «Manchester Siti» «Ekseter Siti» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov ham asosiy tarkibda o‘ynadi va o‘yin 10:1 hisobida yakunlandi.

«Manchester Siti» safida Maks Alen 12-daqiqada hisobni ochdi. 24-daqiqada Rodrining goli ustunlikni oshirdi. 42-daqiqada Jek Doyl-Xeys o‘z darvozasiga to‘p kiritdi. Birinchi bo‘lim oxirida Jek Fitsvoter ham avtogol muallifiga aylandi.

Foto: X/ Mancity

Ikkinchi bo‘limda Riko Lyuis 49-daqiqada gol urdi. 54-daqiqada Antuan Semenyo hisobni yiriklashtirdi. 71-daqiqada Tijani Reynders, 79-daqiqada esa Niko O‘Rayli gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Ryan MakAido 86-daqiqada to‘qqizinchi gol muallifi bo‘ldi.

Foto: X/ Mancity

«Ekseter Siti» uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida faollashdi va jamoa o‘yinchisi Jorj Berch jamoaning ilk golini kiritdi: 9:1. Uchrashuvning so‘nggi goli «Manchester Siti» himoyachisi Riko Lyusga nasib qildi. Hisob – 10:1. «Shaharliklar» uchrashuvni mutlaq ustunlik bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Madridda «Real» ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida yozgan edi.